Bugun, Peshko‘ tumani Afshona qishlog‘ida joylashgan Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida viloyat prokurori tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yosh kitobxon" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda 50 nafardan ortiq kitobsevar yosh yigit-qizlar ishtirok etishib, kitobxonlik bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etdilar.


Tadbirda tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi G. To‘rakulova 1-o‘rin, Afshona tibbiyot texnikumi o‘quvchisi N.Bozorova 2-o‘rin va 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi B. Qaxxorov 3-o‘ringa loyiq deb topilib, Peshko‘ tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sh. Hikmatov tomonidan kitoblar janlanmasi bilan taqdirlandi hamda viloyat bosqichiga qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Manba: Peshko‘ tuman hokimligi matbuot xizmati


.jpg)



.jpg)