Zulfiyaxonim izdoshlari

Bugun Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida O‘zbek xalqining ardoqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusi ostida o‘tkazilgan bellashuvda 8 nafar iqtidorli talaba-qizlar o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etdilar.

Ishtirokchilar:

- She’rxonlik,

- San’at,

- Raqs,

- Pazandachilik

shartlari orqali o‘zaro bellashib, Zulfiyaxonim ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini ifoda etdilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyati, didi va mahorati yana bir bor namoyon bo‘ldi.