Texnikumda Ilmiy chellenj o‘tkazildi!

Bugun mamlakatimizda tibbiy ta’lim sifatini oshirish va yosh mutaxassislarning salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda.

???? Afshona Abu Ali ibn Sino Jamoat Salomatligi texnikumi Hamshiralik ishi kafedrasi o‘qituvchilari rahbarligida keng ko‘lamli “Tibbiyotda ilmiy chellenj” tashkil etildi.

Mazkur chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarimizning tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash hamda zamonaviy tibbiy yondashuvlar bilan tanishtirishdan iborat.