Bugungi kunda “AFSHONA ETHNO HOUSE” MChJ shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan Abu Ali ibn Sino tavallud topgan “Afshona” qishlog‘idagi 1,5 gektar yerda etnik shaharcha tashkil etish loyihasining qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Mahalliy tadbirkorlar va Fransiyalik investorlar bilan olib borilgan muzokalar natijasida 5,0 mln. Dollar investitsiya jalb qilinishi evaziga “10-asr etnik shaharchasi”ni barpo qilish rejalashtirilgan.
Natijada, “10-asr etnik shaharchasi” loyihasi doirasida Ibn Sino uy muzeyi, masjkarvon saroy, oshxona, qovoqxona, qadimiy hammom, 10-asr bemoristoni, registon maydoni faoliyati, hunarmand rastalari, yopiq basseyn, bozorcha, qadimiy tegirmon, novvoyxona hamda o‘rta asrlar sahna ko‘rinishlari tashkil etiladi.
Tadbirkorlar uy muzeyini maktab o‘quvchilariga “Birinchi renessans davri”ni tanishtirish maqsadida mutlaqo bepul faoliyat yuritishini taklif qilgan.
Natijada, byudjetga qo‘shimcha 1,0 mlrd so‘m tushum, 100 ta ish o‘rni va 15,0 mlrd. so‘mlik xizmatlar hajmi yaratiladi. Xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi 4 barobarga oshiriladi.


.jpg)


.jpg)